"Lion" 20 mln evroga braziliyalik futbolchi sotib oldi

  • 30 yanvar, 2020, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lion" klubi o‘zining rasmiy saytida "Atletiko Paranaense" yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra lionliklar 22 yoshli braziliyalik futbolchini 20 million evroga sotib olishgan va u bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma imzolashgan.

Bundan tashqari "Lion" Brunoning kelajakdagi transferidan keladigan mablag‘ning 20 foio‘ini "Atletiko Paranaense" hisobiga o‘tkazib beradi.

Ma’lumot uchun, Bruno Gimaraesh "Atletiko Paranaense" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 84 ta bahsda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!