
Lionel Messi: "JCh-2026?! Bilmadim men bugungi kun bilan yashayman"
Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi "JCh-2026"da o‘ynaydimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berdi.
"Bilmayman. Ochig‘i, ko‘pchilik mendan bu haqda so‘rashadi. Ayniqsa Argentinaning o‘zida. Umid qilamanki, avvalo bu yilni yaxshi yakunlab, kelasi yil uchun mavsumoldi tayyorgarliklarini puxta ravishda boshlayman. O‘tgan yili qilgan sayohatlarim tufayli bunga erisha olmagandim.
Keyin ishlar qanday ketayotganini va o‘zimni qanday his qilayotganimni ko‘raman. Tan olish kerak faoliyatim yakuniga ko‘p vaqt qolmadi. Ammo lekin hali vaqt bor ekan futboldan zavq olishda davom etmoqchiman.
Keyin nima bo‘lishini esa, vaqt ko‘rsatadi. Men kelajak to‘g‘risida uncha ko‘p o‘ylamayman. Asosan bugungi kun uchun yashashni hush ko‘raman", - dedi Lionel Messi.
Fikrlar