
Lionel Messi: Men baribir “Barsa”ga qaytaman!
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytish istagi haqida gapirdi.
- Men doim qachonlardir “Barselona”ga qaytishimni aytim kelganman. Chunki u er mening uyim va qo‘limdan kelgancha klubga ko‘maklashishni istayman. Agar hozir klubga yordamim kerak bo‘lsa, qaytishga tayyorman, - dedi Lionel Messi.
Kataloniya klubi rahbariyati bosh murabbiylikka Xavi Ernandesni olib kelganidan keyin shu yilning avgustida klubni tark etgan Lionel Messining ortga qaytrilishi haqida xabarlar tarqay boshladi.
Yaqinda klub rahbariyati Dani Alvesning taqdimot marosimida Lionel Messining qaytishi mumkinligini ta’kidlagani bu masalaga ko‘pchilikning e’tiborini qaratdi.
Messi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida oltita uchrashuvda bitta gol urdi. PSJ xo‘jaynlari argentinalik yulduz katta maosh olib, samarali o‘yin ko‘rsata olmayotganidan norozi bo‘layotgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Fikrlar