«Liverpool» va «Manchester Siti» «Inter» yulduzini sotib olishi mumkin

  • 26.09.2026 13:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi va «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga Angliya premer-ligasining yetakchi jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Teamtalk nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, 27 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida Londonning «Chelsi» klubi, shuningdek «Manchester Siti» va «Liverpul» bor. Transfermarkt portali Bastonining transfer qiymatini 65 million yevro atrofida baholamoqda. Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Italiya A seriyasida Bastoni beshta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!