
"Liverpul" – "Atletiko". "Enfild"dagi "jang"ni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Atletiko" Madrid jamoalari bahsi boshlanadi.
Eslatib o‘tish lozimki, Madriddagi dastlabki o‘yinda "Atletiko" 1:0 hisobida "Liverpul" ustidan g‘alaba qozongan edi. Shu bois bugun mersisaydliklar o‘z muxlislari qarshisida ushbu hisobni yo‘qqa chiqarishga urunib ko‘rishlari kerak.
Quyida "Enfild"dagi o‘yinni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Liverpul" Angliya – "Atletiko" Ispaniya
11 mart, 01.00, «Enfild»
"Liverpul" – Adrian, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Veynaldum, Xenderson, Oksleyd-Chemberlen, Mane, Firmino, Salax.
"Atletiko" – Oblak, Felipe, Tripper, Savich, Lodi, Saul, Tomas, Korrea, Koke, Joau Feliks, Diego Kosta.
Fikrlar