Ronaldu "Oltin to‘p" haqidagi savolga, kutilmagan javob qaytardi

  • 8 avgust, 22:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy yilgi "Oltin to‘p" mavsumining eng yaxshi futbolchisi sovrinini kim olishi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Joriy yilda "Oltin to‘p"mi? Men uchun bu fiktiv sovrin (Nomigagina berilgan mukofot, soxta, g‘irrom)" - deya 40 yoshli Al Nassr Zone hujumchisining so‘zlarini keltirdi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi.

Ronaldu 5 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi. Undan ko‘proq ushbu sovrinni faqat Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi (8) qo‘lga kiritgan.

Ronaldu "An-Nasr" safida 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!