"Liverpul" dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi

  • 30 dekabr, 2019, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi 2019 yilning eng yaxshi jamoasini aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.

Tecno

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Liverpul” yakunlanib borayotgan yilda sayyoramizning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Bu yil Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan Yurgen Klopp jamoasi 30,21% ovoz to‘pladi.

Reytingning kuchli uchligidan AQSh ayollar terma jamoasi hamda regbi bo‘yicha JAR terma jamoasi joy oldi.

Dunyoning 2019 yildagi eng yaxshi jamoalari Top-10:

1. "Liverpul" (futbol, erkaklar) – 30,21% 
2. AQSh (futbol, ayollar) – 17,9%
3. JAR (regbi, erkaklar) – 14,44%
4. Braziliya (voleybol, erkaklar) – 8,88%
5. "Dyori Audi" (gandbol, ayollar) – 5,79%
6. Daniya (gandbol, erkaklar) – 4,59%
7. Norvegiya (biatlon) – 3,89%
8. Italiya (vodnoe polo, erkaklar) – 3,79%
9. Ispaniya (basketbol, ayollar) – 3,26%
10. Yaponiya (dzyudo) – 2,43%

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!