
"Liverpul" etakchilaridan biri yozda "Barselona"ga o‘tadi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini "Barselona"da davom ettiradigan bo‘ldi.
The Sunday Times nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar 30 yoshli gollandiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Veynaldumning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu tariqa, u "Barselona"ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi.
Jorjino Veynaldum joriy mavsum "Liverpul" safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. U bungacha "Feyenoord", PSV va "Nyukasl" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar