"Liverpul" futbolchisi faoliyatini Portugaliyada davom ettiradigan bo‘ldi

  • 28 iyun, 2019, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning "Sporting" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Rafael Kamashuni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Portugaliya grandi 19 yoshli futbolchi uchun mersisaydliklarga 5 million evro to‘lagan. Kamashu esa yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar bundan tashqari yana 2,2 millionov evro bonus olishadi. Bundan tashqari Kamashuning kelajakdagi transferidan 20% miqdordagi mablag‘ga ham egalik qiladi.

Ma’lumot uchun, Kamashu “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U asosiy jamoada bor yo‘g‘i 2ta uchrashuvda ishtirok etgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!