
"Liverpul" futbolchisi "Real"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Fabino mavsumlar oralig‘ida "Real"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra madridliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchini 65 mln evro evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga yana 10 millionga ortishi mumkin.
Aytish kerakki, Fabinoning o‘zi ham “Real”ga o‘tishga rozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” Fabinoni 2018 yilning yozida “Monako”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar