"Liverpul" germaniyalik himoyachini van Deykning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda
"Bild" nashrining yozishicha, "Liverpul" "Borussiya Dortmund" himoyachisi Niko Shlotterbekni Virjil van Deykning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda. Niderlandiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi.
Manbaga ko‘ra, angliyaliklar Jovanni Leonining jarohati sababli qishki transfer oynasidayoq nemis himoyachisini olishga qiziqish bildirgan, ammo "Borussiya" bu transferga rozi bo‘lmagan.
Hozircha dortmundliklar Shlotterbekka 2027 yilda tugaydigan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan. Ammo futbolchi bu taklifga shoshilmayapti — u kelajakda jamoa sovrinlar uchun kurasha olishiga ishonch hosil qilmoqchi va moliyaviy shartlarni ham yaxshilashni xohlamoqda.



Fikrlar