
"Liverpul" hujumchisi bugun "Milan" bilan shartnoma imzolaydi
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Divok Origi "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Bugun 27 yoshli belgiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Italiya klubi bilan shartnoma imzolash uchun Milanga uchib ketadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Oldinroq Origi va «Milan» yiliga 3,5 million evro maosh belgilangan 4 yillik shartnoma tuzishga kelishib olgani ma’lum bo‘lgan edi.
Divok Origi o‘tgan mavsum “Liverpul” safida APLda jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar