"Liverpul" misrlik Muhammad o‘rniga boshqa Muhammadni olib keladi

  • 9 oktabr, 2024, 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" rahbariyati jamoa hujumchisi Muhammad Salohning jamoani tark etishiga tayyorlanmoqda. Boisi uzoq vaqtdan beri misrlik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi borasidamish-mishlar bor.

Salohning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy 2024/2025 yilgi mavsum oxirida yakunlanadi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Liverpul" uning o‘rniga "Vest Xem" futbolchisi Muhammad Qudusni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli ganalik futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Kudus o‘tgan davr mobaynida “bolg‘achilar” safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!