“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga “Real” yulduzini oladi

  • 3 aprel, 2024, 14:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning etakchi hujumchisi Muhammad Saloh yaqin kelajakda Saudiya Arabistoniga ketib qolishi mumkin.

Saudiyaliklar misrlik yulduzni olish fikridan qaytmayapti va bu maqsad yo‘lida pulni ayamoqchi emas. Liverpulliklar yoshi o‘tib qolayotgan hujumchi transferidan katta mablag‘ ishlab olishi mumkin.

Qolaversa, “Liverpul” xo‘jayinlari Muhammad Saloh o‘rnini bosa oladigan hujumkor futbolchi topib qo‘ydi.

Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, “qizillar” yozgi transferlar vaqtida “Real”ning qanot hujumchisi Rodrigo Goesni olib kelmoqchi. Ma’lumki, madridliklar Kilian Mbappe bilan kelishib bo‘lgan. Frantsiyalik hujumchi kelishi bilan Rodrigo tarkibga sig‘may qoladi.

“Qirollik klubi” 23 yoshli forvardni 100-120 million evro o‘rtasida baholamoqda. “Liverpul” esa, Rodrigoning transferini 80 million evroga hal qilmoqchi. “Real” hozircha bu summaga ko‘ngani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!