
"Liverpul" Saloh masalasida shoshilmayapti
“Liverpul” rahbariyati misrlik hujumchi Muhammad Salohga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasida amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Mersisaydliklar hozirgi vaqtda forvard bilan shartnomani uzaytirish masalasi ustuvor emas, deb hisoblamoqda.
Oldinroq, OAV Salohni "Real Madrid" sotib olishga qiziqayotgani haqida xabar tarqatgan edi. "Qirollik klubi" misrlik futbolchi transferini yozda rasmiylashtirmoqchi.
Muhammad Saloh joriy mavsum Angliya premer-ligasida 16ta o‘yin o‘tkazdi hamda o‘z hisobiga 13ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar