“Liverpool” Slotga shart qoʻydi

  • 16.02.2026 20:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" murabbiyi Arne Slotda jamoa holatini oʻnglash va ishni saqlab qolish uchun hali vaqt bor. "Liverpul" Arna Slotni murabbiylik kursidan boʻshatishi mumkin. Mersisaydliklar niderlandiyalik mutaxassis bajarishi kerak boʻlgan shartlarni belgilab olishdi, deb xabar beradi Nikolo Skira.

Klub rahbariyati "qizillar" kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Slotni ishdan boʻshatadi. Yoki niderlandiyalik murabbiy boshchiligidagi jamoa joriy mavsumda birorta turnirda gʻalaba qozona olmasa.

Klub hozirgi murabbiyga oʻrinbosar tanlash masalasini hal qilib boʻlgan. Agar Slot isteʼfoga chiqarilsa, "Liverpul" 2026 yil yanvarida "Real"ni tark etgan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso jamoani boshqarishga taklif qiladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda "Liverpul" APL turnir jadvalidа oltinchi oʻrinda bormoqda. Shuningdek, Slot jamoasi Angliya kubogi va Chempionlar ligasi uchun kurashish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!