“Liverpul” tekinga zo‘r himoyachini topdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” muntazam tarkibini kuchaytirib borishga harakat qilyapti. Liverpulliklar ana shu maqsadda “Bavariya” markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoning atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib boryapti.
Frantsiyalik futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z yakuniga etadi va uni erkin agent maqomda bepul qo‘lga kiritish mumkin.
Bild va Daily Mail kabi nufuzli manbalar “qizillar” yozda “Kristal Pelas” sardori Mark Gexi transferini amalga oshira olmagani uchun yangi markaziy himoyachi qidirmoqda. Shu bois, klub mutasaddilari yanvar oyida Upamekano bilan dastlabki muzokalarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ta’kidlash joizki, 26 yoshli himoyachining o‘zi ham muhitni o‘zgartirishga qarshi emas. Biroq, uning xaridorlar ko‘p. Xususan, Bundesligani yaxshi biladigan “Real” va “Barselona” bosh murabbiylari Xabi Alonso va Xans-Diter Flik ham Upamekano darajasidagi ijrochini bepul qo‘lgan kiritish imkonidan foydalanib qolmoqchi.



Fikrlar