“Liverpul” ustozi Muhammad Salohning kelajagi bo‘yicha savolga javob berdi

  • 1 fevral, 14:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” joriy mavsumda Angliya chempionligi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Jamoaning peshqadamlik qilishida Muhammad Salohning hissasi katta.

Shunga qaramay, misrlik to‘purarning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot o‘yinchi kelajagi haqidagi savolga javob berib, Saloh to‘g‘ri qarorga kelishiga umid bildirdi.

- Agar dunyodagi birortasi “bizga Muhammad Saloh kerak emas” desa, hayratdan yoqamni ushlagan bo‘lardim.

Bu futbolchi katta tajribaga ega, aql bilan ish yuritadi. Saloh faoliyati davomida juda ko‘p tanlovlarni to‘g‘ri amalga oshirgan. Bu gal ham shunday qilishidan umidvorman. U o‘zi uchun ham, biz uchun ham ijobiy qarorga keladi, - dedi Arne Slot.

32 yoshli hujumkor futbolchi “Liverpul”da 2017 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Saloh 2012 yili Misrdan Evropaga kelganidan keyin “Bazel”, “Chelsi”, “Roma” kabi klublarda ham faoliyat yuritgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!