"Liverpul" yana bir "bomba" trasferga hozirlik ko‘ryapti

  • 27 dekabr, 2022, 20:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jud Bellingem "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. 

Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolanganiga qarmay, "qizillar"ning Jud borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmadi. "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi ham bunga qarshi emas. JCh-2022 paytida uning Jordan Xenderson hamda Trent Aleksandr-Arnold bilan munosabatlari ancha yaxshi bo‘lgan. Mazkur holat Bellingem transferida muhim rol o‘ynashi mumkin. 

"Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Jud "asalarilar" tarkibini 60 million funt sterling evaziga tark etishi mumkin. Sababi, uning shartnomasida shunday band bor. 

Avvalroq, unga "Chelsi", "Real" hamda "Manchester Siti" kabi klublardan qiziqishlar bo‘layotgani aytilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!