
"Liverpul" yangi to‘purar uchun "Yuve" va "Milan"ni ortda qoldirmoqchi
Evropaning bir necha grand jamoasi PSV hujumchisi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Niderlandiyalik Doniell Malen faoliyatini kuchli beshlik chempionatlaridan birida davom ettirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini "Yuventus", "Milan" va "Liverpul" klublari o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu "poyga"da mersisaydliklar peshqadamlik qilmoqda.
Malenni sotib olmoqchi bo‘lgan klub PSV g‘aznasiga 35 mln evro to‘lab berishi lozim bo‘ladi. Doniell joriy mavsumda jamoasining to‘purari hisoblanadi. U barcha musobaqalarda 39 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 gol va 8 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar