
"Liverpul" yanvarda yangi futbolchi sotib olmoqchi emas
“Liverpul” klubi rahbariyati davralar oralig‘ida hech qanday yangi transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Virjil van Deyk va Jo Gomes kabi etakchi himoyachilar jarohat olganiga qaramasdan, mersisaydliklar bu qish yangi futbolchi sotib olmasligi mumkin. Chunki, "Liverpul" rahbariyati klub transfer strategiyasiga zid bo‘lgan shoshilinch xaridlarni amalga oshirmoqchi emas.
“Liverpul” 17 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar