
“Liverpul” yulduzining yangi manzili ma’lum
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan kelisha olmay qolgani aytilayotgan Muhammad Saloh yozda boshqa klubga o‘tib ketishi haqida ko‘p xabarlar tarqatilmoqda.
Liverpulliklar Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichida “Real” bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuv oldidan misrlik futbolchi kelajagiga oid rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi.
- “Liverpul”dagi to‘rt yillik faoliyatimdan keyin o‘zimni boshqa klubda tasavvur qila olamanmi? Men hozir bu haqida gapirishni istamayman. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Ispaniyada o‘ynash istagim haqida ko‘p so‘rashadi. Men hali uzoq yillar davomida to‘p tepmoqchiman. Nega u erda o‘ynamasligim kerak? Hech kim kelajakda nima bo‘lishini oldindan bilmaydi. Shuning uchun, qachonlardir bu amalga oshishi mumkin deb o‘ylayman, - dedi Muhammad Saloh.
Misrlik futbolchi “Liverpul” tarkibida Evropa Chempionlar ligasi va Angliya premer-ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar