“Liverpool”ga xunuk xabar keldi

  • 08.02.2026 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” qishki transferlar oynasi davrida katta summa to‘lov qilgan qimmatbaho futbolchisi Jeremi Jake haqida mersisaydliklar xunuk xabar oldi. Jake “Renn” klubi safida o‘ynayotgan vaqtda jiddiy jarohat oldi.

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida “Liverpul” Jakeni 60 million funt sterlingga sotib olgan, shu bilan birga Jeremiga mavsumni “Renn” tarkibida yakunlashga ruxsat bergan edi.

Shanba kuni “Lans”ga qarshi o‘yinda, “Liverpul” bilan shartnoma imzolagandan keyingi ikkinchi uchrashuvida, 20 yoshli fransuz futbolchi elkasidan jarohat oldi va ikkinchi taymda majburiy ravishda almashtirildi.

“Lans”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasidan keyin “Renn” bosh murabbiyi Habib Beye Jakening jarohati jiddiy ekanini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!