
"Liverpul"ni oxiri to‘xtatishdi
"Liverpul"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi tugadi.
Arne Slot shogirdlari Angliya Liga kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu qizillarning 14 sentyabrdan buyon ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Ular 24 ta bellashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi. Shularning 20 tasida g‘alaba va 4 ta durang.
Qayd etish lozim, 11 yanvar kuni mersisaydliklar Angliya kubogi doirasida "Akkrington" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar