“Liverpul”ning transferi “Chelsi”ga kutilmagan zarba bo‘ldi

  • 11 avgust, 2020, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyada futbolida qiziq holat sodir bo‘ldi. “Liverpul” kuni kecha “Olimpiakos”dan Konstantinos Tsimikosni transfer qilganini rasman e’lon qildi. Bu e’lon “Chelsi”ning transfer rejalarini barbod qildi.

Tecno

Chunki Abramovich jamoasi “Lester”dan Ben Chiluellni olib kelmoqchi esa. “Lester” rahbarlari bu transferga rozi edi va Chiluell o‘rniga aynan Tsimikosni olib kelishni mo‘ljallagan edi. Mohir himoyachiga munosib o‘rinbosardan quruq qolgan “Lester” buyog‘iga Chiluellni saqlab qolish uchun trasnfer summasini 80 million funtda tushirmasligini bildirdi. Bu narx esa “Chelsi”ni qoniqtirmaydi.

Endi “Chelsi” e’tiborini “Ayaks” himoyachisi Nikolas Telyafiko va “Real” asosiy tarkibiga kira olmagan Serxio Regilonga qaratishga majbur bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!