“Liverpul”ning yangi ustozi Kloppdan qolgan yulduzga ishonmaydi
Yozda “Liverpul”da katta o‘zgarish bo‘ldi. Uzoq yillar jamoani muvaffaqiyatli boshqargan Yurgen Klopp bosh murabbiylikdan ketdi.
Klub rahbariyati germaniyalik mutaxassis o‘rniga Arne Slotni olib keldi. Hozircha, bu mutaxassis jamoani yaxshi boshqaryapti va keskin tanqidlarga uchragani yo‘q.
Angliya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan Pol Skoulz Arne Slot avvalgi murabbiy qadrlab kelgan ayrim o‘yinchilarga ishonch bildirmayotganini ta’kidlamoqda. Xususan, Trent Alensander-Arnold masalasida yangi ustoz shu qarorga kelgan.
Trent bu mavsum boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, hali birorta uchrashuvda oxirigacha to‘p tepgani yo‘q. Murabbiylar shtabi uning o‘yin vaqtini sekin-asta qisqartirib bormoqda.
- “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda Trentning har bir to‘p oshirishida Slot boshini chayqatib qo‘ydi. Himoyachi uzoq paslar oshirishga usta, lekin bosh murabbiyga bu yoqmayapti, - dedi Pol Skoulz.
Trentning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Bu himoyachiga “Real” qiziqish bildirayotgan edi.



Fikrlar