
Lo Chelso "Tottenxem"ga o‘tmoqchi, ammo...
"Betis" klubi xavbeki Jovanni Lo Chelso yozgi transferlar davrida "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli argentinalik futbolchi o‘z kuchini APLda sinab ko‘rmoqchi va shu bilan birga hamyurti Maurisio Pochettino qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda.
Biroq, uning ushbu istagi amalga oshishiga ispan klubi qo‘yayotgan katta moliyaviy talab to‘sqinlik qilishi mumkin. Gap shundaki, “Betis” Lo Chelsoni uning shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 99 mln evrolik tovon puliga yaqin narxga sotmoqchi. "Shporlar" esa uning uchun 60 mln evro taklif qilishmoqda.
Qayd etish lozimki, Lo Chelso uchun shuningdek "Manchester Yunayted" va "Real" Madrid klublari ham kurash olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Betis” Lo Chelsoni PSJdan 22 mln evro evaziga sotib olgan. U o‘tgan mavsum sevilyaliklar safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar