"Lokomotiv" Bekobodda birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun javob qaytaradimi?

  • 23 sentabr, 2020, 23:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 sentyabr kuni Coca-Cola Superliganing 17-tur bahslariga start beriladi. Shu kuni Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida ikkinchi davrani ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshlagan “Lokomotiv”ni qabul qiladi.

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, ushbu jamoalarning birinchi davrada Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvida bekobodliklar javobsiz uchta gol urib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritishgandi. Qiziq, "Lokomotiv" endi Bekobodda o‘sha mag‘lubiyat uchun "Metallurg"ni mag‘lub eta olarmikin?

Mazkur klublar hisob bo‘yicha 34-uchrashuvda maydonga tushishadi. Katta ustunlik “Lokomotiv” jamoasi tomonida. Ular 18 marta “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, bekobodliklar faqatgina 5 ta o‘yinda raqibi ustidan g‘alaba qozongan. 10 ta bellashuvda esa durang natijasi qayd etilgan.

Jumladan, o‘tgan yili ikkala davrada ham jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Metallurg” 25 ta gol urgan bo‘lsa, “Loko” 55 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 25 sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!