"Lokomotiv" futbol maktabi direktori lavozimiga yangi mutaxassis tayinlandi

  • 06.01.2022 06:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Murabbiylik faoliyatining katta qismini “Lokomotiv”da o‘tkazib kelayotgan Rufat Akramxo‘jaevni rahbariyat yangi lavozimga tayinladi. Endilikda u “Lokomotiv” futbol maktabi direktori sifatida ish olib boradi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Rufat Akramxo‘jaev “Lokomotiv”dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lib, dastlab U-21 jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa ushbu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, “Lokomotiv” o‘rinbosarlarining U-21 musobaqasining chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.

akramxujaev

2020 yil ushbu mutaxassis “Lokomotiv” U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021 yil boshida “Surxon” futbol klubiga yo‘l olgan Rufat Akramxo‘jaev 1 iyul kuni yana “Lokomotiv”ga qaytib, dastlab selektsioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishladi.

O‘tgan yil 18 yoshgacha futbolchilar Akramxo‘jaev qo‘l ostida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, ijobiy natija ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!