"Lokomotiv" murabbiyi Mikael Sekeyra: Portugaliyaliklar O‘zbekistonga rosa qiziqib qolishdi

  • 19 yanvar, 2021, 13:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, Toshkentning "Lokomotiv" klubiga portugaliyalik Mikael Sekeyra bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub shifokori Abror Pirriev telegramdagi sahifasida evropalik mutaxassis bilan nonushta mahalidagi suhbatidan yurtimiz haqidagi fikrlarini taqdim etdi.

Tecno

- Kecha onam bilan telefon orqali suhbatlashdim. Ancha ko‘nikib qoldingmi bolam, qanday yurtlar ekan? deb so‘radilar. Men ularga hammasi joyida ekanini aytib, menga O‘zbekiston juda yoqqanini shunchalar berilib gapirdimki, havaslari kelib eshitib turdilar...

Bu erga kelishimdan avval, o‘rtog‘im bilan uchrashib qoldim. U mendan qaerga otlanayotganimni so‘radi. O‘zbekiston klubidan taklif tushganini aytganimda aslida tarixchi do‘stim bu mamlakatda bo‘lganini, ajoyib yurt va mehmondo‘st xalq ekanini iliq taassurotlar-la so‘zlab berdi; sovg‘a qilingan milliy kiyimingiz (chopon) bilan tushgan rasmini ham ko‘rsatdi. Mana, yurtingizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, o‘rtog‘imning so‘zlari rost ekaniga ishonch hosil qildim. Portugaliyaliklar yurtingiz haqida deyarli eshitishmagan. Bilishganida, ishoning, juda ko‘pchiligi sayohat uchun shu erni tanlashardi. Bu fikrimni vatandosh do‘stlarimga ham aytib bo‘ldim; rosa qiziqib qolishdi...” - dedi Mikael Sekeyra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochinlarga baland parvoz ....
19/01/2021 21:26
Хали хакикий футболини хам курасииииз...жалоб мураббий.
&
Lochinlarga baland parvoz ....
19/01/2021 21:24
Узбекистон гузал гушадур.....Жаннат..жаннат