"Lokomotiv" safida qaysi futbolchi debyutini o‘tkazdi?

  • 20.04.2022 14:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lokomotiv” klubi bu yil asosiy e’tiborini yoshlarga qaratishni lozim topgan. Shu maqsadda o‘sib kelayotgan yoshlarga ishonch bildirilmoqda.

Kecha “Lokomotiv” O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqichi doirasida “Xorazm”ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda debyut qilgan futbolchi bor. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

loko yo‘ldoshev_1

“Uchrashuvining 87-daqiqasida Nurmuhammad Toshpo‘latov o‘rniga 19 yoshli himoyachi Abdulloh Yo‘ldoshev maydonga tushdi.

Bu yosh himoyachimizning asosiy jamoadagi debyut bahsiga aylandi. Biz futbolchimizga asosiy jamoamizda yanada ko‘p o‘yinlar o‘tkazishini tilab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!