
"Lokomotiv" vakili "Turon" murabbiyiga: O‘z fikrini – butun xalq eshitadigan so‘zlarni ommaga etkazish madaniyati haqida ham unutmaslik kerak
Superliga 2-turidagi "So‘g‘diyona" - "Turon" uchrashuvidagi penalti belgilangani va o‘yindan keyingi matbuot anjumanida yaypanliklar ustozi Islom Ismoilovning keskin fikrlari internet olamini larzaga keltirdi. Uning aytgan gaplariga boshqalar ham munosabat bildirmoqda. Jumladan, "Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori Abror Pirriev ham. U telegramdagi sahifasida quyidagilarni bayon qildi.
- "Turon" bosh murabbiyining kuyinishini tushunish mumkin. Boshga tekkan to‘pga "penalti" qo‘yadigan hakamlar butun jamoaning mehnatini chippakka chiqarsa, albatta, alam qiladi. Ammo o‘z fikrini – butun xalq eshitadigan so‘zlarni ommaga etkazish madaniyati haqida ham unutmaslik kerak.
Kechagi o‘yindan so‘ng, “VAR” haqida bizning murabbiy fikr va ehtiroslari ham "Turon" vakillarinikidan qolishmagani aniq. Ochig‘i, o‘yinning tezligi va jozibasini buzdi bu “VAR”. Aslida biror holat yuzasidan hakam ikkilansagina murojaat qilmaydimi bu “VAR” janoblariga... Har epizod uchun qulog‘ini ushlab xabar eshitish uchun o‘yinni to‘xtatib turaversa...
Keyingi turda ikki yaralangan sher uchrashadigan bo‘lib turibmiz. Bu o‘yinda kimning asablari dosh, kimniki pand berarkan bunisini uch kundan keyin ko‘ramiz, - dedi Abror Pirriev.
Fikrlar
келди