
"Lokomotiv" yangi legioner o‘yinchi bilan shartnoma tuzdi
«Lokomotiv» futbol klubi mavsum oralig‘idagi transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishni boshladi.
Qirg‘iziston terma jamoasi sardori, milliy terma jamoa tarkibida 47 o‘yin o‘tkazib, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan markaziy himoyachi Valeriy Kichin so‘nggi 4 mavsum davomida Rossiyaning «Enisey» jamoasi sharafini himoya qilgan va 119 uchrashuvda 18 bora raqiblari postiga yo‘l topgan.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Valeriy Kichin ikkinchi davrada endi "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
Valeriy Kichin:
Tug‘ilgan yili va joyi: 1992 yil 12 oktyabr, Qirg‘iziston
So‘nggi jamoasi: «Enisey» (Rossiya).
Fikrlar