"Lokomotiv"ga qarshi Olmaliqdagi o‘yin AGMK uchun muhim ahamiyat kasb etadi

  • 5 aprel, 2022, 17:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi "B" guruhining ilk turida AGMK va "Lokomotiv" o‘zaro kuch sinashadi. Bo‘lajak bahs joriy mavsum hisobidan Olmaliqliklarning o‘z uyidagi birinchi uchrashuvga aylanadi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, barcha musobaqalardagi o‘tkazilgan jami 30 o‘yinda "Lokomotiv" 18 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 7 marotaba "temiryo‘lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 5 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 56-37, "Lokomotiv" foydasiga.

Diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan AGMK vakillari — Aleksandr Kasyan va Shohruh Gadoev bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etishlari mumkin.

O‘yin bosh hakami etib Ilya Ilin tayinlangan. Ilin bunga qadar olmaliqliklar ishtirokidagi bir uchrashuvni boshqargan va unda "Mash’al"ga imkoniyat boy berilgandi. Bo‘lajak bahs Qosimov shogirdlari uchun Ilin boshqaruvidagi ikkinchi o‘yinga aylanadi.

O‘yin 7 aprel kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

AGMK klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!