
"Lokomotiv"ni kimlar tark etganini bilasizmi?
Joriy mavsumda pro ligadan Superligaga qaytgan “Lokomotiv” klubi yana quyiga ravona bo‘ldi. Shunday ekan, 2024 yil jamoa uchun omadsiz o‘tdi.
Klub matbuot xizmati bir qator futbolchilar jamoa bilan xayrlashganini e’lon qildi:
Muhammadanas Hasanov, Abdulazizxon Abdurashidov, Suhrob Sultonov, Sobit Sindarov, Dilshod Jo‘raev, Sanjar Tursunov, Konstantin Bazelyuk, Timur Mamasiddiqov, Rustam Xolnazarov, Mixail Gashenkov, Ivan Rogach, To‘lqin Ergashev va Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev.
2025 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik 6 yanvar kunidan boshlanadi. Shu kuni jamoa o‘z qarorgohida yig‘iladi va mashg‘ulotlar boshlanadi.
Fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar