
"Lokomotiv"ning murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Tarkibda yangi nomlar ham bor
Bugun "Lokomotiv" PFK rahbariyati va asosiy jamoa murabbiylar shtabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur uchrashuvda jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Denis Korostichenko tayinlandi. Yig‘ilishda Korostichenkoga yordam beradigan murabbiylar shtabi ham belgilab olindi.
Ko‘pchilikka yaxshi tanish Jamshid Saidov hamda ushbu mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlagan Akmal Shorahmedov asosiy jamoa murabbiylar shtabidan joy oldi. Jamshid Saidov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritsa, Akmal Shorahmedov jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi.
Murabbiylar shtabida shuningdek, tajribali Andrey Miklyayev bilan darvozabonlar murabbiyi Alisher Ahmedov ham ishlaydi.
Fikrlar