“Lokomotiv”ning OChL 3-turidagi raqibi g‘alaba qozondi

  • 24 fevral, 2018, 20:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qatar Yulduzlar ligasi 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning “Lokomotiv” klubining OChL 3-turidagi raqibi – “Al Duxail” klubi o‘z maydonida “Al Xor”ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda Jamol Belmadi shogirdlari 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, “Al Duxail” jamoasi chempionat doirasida o‘tgan so‘nggi 22 bahsning birortasida mag‘lub bo‘lmay kelayotgan edi va bugun ham mazkur seriya davom etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Al Duxail” jamg‘argan ochkolar soni 48 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Al Duxail” – “Lokomotiv” o‘yini 6 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

Qatar Yulduzlar Ligasi. 18-tur

“Al Duxail” – “Al Xor” 4:0

Gollar: Ismoil Muhammad (24), El Arabi (30 penaltidan), Msakni (34), Murod Naji Xusayn (52).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!