
"Lokomotiv"ning "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinida bosh hakam o‘zgardi
Xabaringiz bor, Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" o‘yinida Doston Mirzaraimov bosh hakam sifatida ishlashini ma’lum qilgandik.
Ammo referi oyog‘idan olgan jarohati sabab bahsda bosh hakamlik qila olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, uning o‘rniga tajribali Shavkat Nasibullaev uchrashuvni boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv 22 iyun kuni soat 20:00 da start oladi.
O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar