Lui van Gal Gollandiyaning muvaffaqiyatsizligida futbolchilarni aybladi
Gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi. U shuningdek, bir qancha vaqt oldin bosh murabbiy Danni Blind o‘z lavozimidan ozod qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga futbolchilarning o‘zlari aybdor ekan.
– Terma jamoaga qaytish? Bu savolga mamlakat futbol uyushmasidagilar javob berishadi. Albatta, Blind natija uchun javobgarlikni bo‘yniga oldi, ammo bunga asosan futbolchilarning o‘zlari aybdor, – deydi Van Gal.

Van Gal ikki marta Gollandiya terma jamoasi boshqargan. 2014 yili u jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan.



Fikrlar