Luis Dias O‘zbekiston bilan o‘yin haqida nimalar dedi?
Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Luis Dias futbol bo‘yicha 2026 yildgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan va 3:1 hisobida yakunlangan o‘yin haqida fikr bildirdi.
- Bugun men bolalik orzumni amalga oshiryapman — jahon chempionatida o‘z terma jamoam va o‘z yurtim sharafi uchun o‘ynayapman.
Bundan ham go‘zalroq narsa bormi — gol urish va golli pas berish?
Jamoamiz juda birdam, har bir o‘yindan keyin yanada kuchliroq bo‘lib boramiz. Men juda-juda baxtliman, — dedi Dias FIFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘yinda Luis Dias "gol+pas" ko‘rsatkichiga erishib, Kolumbiya rekordini o‘rnatdi va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini bilan ham taqdirlandi.
Fabio Kannavaro shogirdlari safida yagona gol muallifi Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.

Fikrlar