
Luis Enrike "Barselona"ga qaytmoqchi emas!
So‘nggi haftada PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike sobiq jamoasi - "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. "Ko‘k-anorranglilar"ning amaldagi ustozi Xavi Ernandes yozda jamoani tark etishini ma’lum qildi.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yaqin kelajakda parijliklar klubini tark etishni istamayapti. U hozirgi jamoasida ishidan qoniqish hosil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Enrike boshchiligidagi PSJ Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. Jamoa Liga 1da ikkinchi o‘rindan 9 ochko farq bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar