
Luis Suaresga Evropaning 3 ta chempionati vakillaridan taklif bor
Madridning “Atletiko” klubi sobiq hujumchisi Luis Suaresga Evropaning uchta chempionati vakillaridan jiddiy takliflar bor. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchini La Liga, A Seriya va Gollandiya chempionati jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Avvalroq, futbolchining o‘zi Argentinaning "River Pleyt" klubiga o‘tishdan bosh tortganini aytgandi. Urugvaylik futbolchi Evropada qolishni istayotgani haqida ochiq gapirdi. Ammo vataniga qaytishi mumkinligi ham istisno etilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Suares oldin Gollandiya chempionati o‘ynagan. U Amsterdamning "Ayaks" va "Groningen" klublari sharafini himoya qilgan. Qolaversa, Ispaniya chempionati vakillari “Barselona” va “Atletiko”da to‘p tepgan.
Luisning oxirgi jamoasi aynan “matraslislar” bo‘lib, hujumchi o‘tgan mavsum madridlikarning La Liga doirasidagi 35 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 2 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar