Luka Modrich “Real” bilan qachon xayrlashadi?

  • 6 fevral, 21:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” yarim himoyachisi hisoblangan Luka Modrich klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirish haqida o‘ylamoqda, deb xabar bermoqda “AS” nashri. 
 
Manga ko‘ra, xorvatiyalik havbek so‘nggi kunlarda “qirollik klubi” bilan yana bir yilga shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, klub ham har doim Modrichni saqlab qolishni afzal ko‘radi. Luka bundan asosiy maqsad sifatida 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilib qo‘ygan. Shu bois, ushbu musobaqadan so‘ng yarim himoyachi futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli o‘yinchining “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Modrich joriy mavsum 34 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!