Lutfulla To‘raev: "Jahon chempionatiga qanaqa holatda etib borishimiz katta rol o‘ynaydi"

  • 10 sentabr, 11:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz ilk bor KAFA musobaqasida g‘olib chiqdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Eron termasi 1:0 hisobida mag‘lub etildi.

Tecno

Vakillarimizning har qanday g‘alabasi xalqimizni xursand qilishi shubhasizdir.

Terma jamoamizning sobiq futbolchisi Lutfulla To‘raev Sports.uz muxbirining ayrim savollariga javob berdi.

- O‘zbekiston terma jamoamiz KAFA musobaqasi finalida Eronni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv borasida fikringizni bilmoqchiman...

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Deyarli 120 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynadik. Shunga yarasha biz ko‘p hujum qildik. Baribir shuncha vaqt bir kishi ko‘p o‘ynaganimizni o‘ziga yarasha ta’siri bo‘ldi. Baribir Eron ham kuchli jamoaligini ko‘rsatdi, deb o‘ylayman. 120 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynash oson emas. Eng asosiysi, g‘alaba qozondik. Butun o‘zbekistonlik muxlislarni tabriklayman. Bir yil oldin yutqazgandik, alamimizni oldik.

- Bir kishi kam bo‘lgan Eronning hioyasini yorib o‘tishga qiynaldik. Siz buni qanday izohlagan bo‘lardingiz?

- Nafaqat O‘zbekiston - Eron bahsi, balki boshqa 11 ga 11 o‘ynalganda va himoyaviy futbol o‘ynaydigan jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ularni himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘ladi. Qanotlardan uzatmalar bo‘ldi va oxiri shunday to‘p uzatishidan keyin gol ham urdik. Ko‘proq yana uzoq masofalardan zarbalar bo‘ldi. Himoyaviy jamoaga qarshi mana shunday o‘ynamasangiz bo‘lmaydi. Ko‘rinib turibdiki, Eron kuchli jamoa. 10 kishi bo‘lib ham yaxshi himoyalandi.

- Terma jamoamizga xorijlik mutaxassis kelishi mumkin degan, xabarlar yo‘q emas. Siz nima deb o‘ylaysiz, chetdan mutaxassis zarurmi?

- O‘zimizni murabbiy bo‘lgani yaxshi.

- Jahon chempionatida terma jamoamizdan nima kutmoqdasiz? Imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

- Jahon chempionatiga qanaqa holda etib borishimiz katta rol o‘ynaydi. Legioner futbolchilarimizning holati qanday bo‘ladi? O‘zimizni futbolchilarimizning holati qanaqa bo‘ladi? Agar hammasi sog‘-salomat bo‘lishsa, yaxshi natijalar kutyapman.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!