Lyakazett 500 talik dovonni zabt etdi!

  • 12 yanvar, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Nant” hamda “Lion” jamoalar uchrashuvida hisob ochilmadi - 0:0.

Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘yin "Lion" hujumchisi - Aleksandr Lyakazett uchun klub miqyosidagi faoliyatidagi 500-o‘yin bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi ularning asosiy qismini aynan "Lion" safida o‘tkazgan – 294 ta o‘yin. Lyakazet 2017 yildan 2022 yilgacha o‘ynagan Londonning "Arsenal" jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 206 o‘yin o‘tkazgan.

Lyakazett klubdagi faoliyati davomida jami 210 ta gol urgan. Bu mavsumda u allaqachon o‘nta gol urishga erishdi. Hozirda Lyakazett "Lion"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!