
Lyuksemburgda to‘qqizta medal oldik
Lyuksemburgda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Musobaqada O‘tkirbek Jo‘raev erkin chiqishda oltin, ko‘pkurashda va to‘sinda mashq bajarishda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Abdulla Azimov brus yo‘nalishida oltin medalni terma jamoamizga taqdim etgan bo‘lsa, erkin usulda mashq ko‘rsatishda ikkinchi bo‘ldi.
Shuningdek, Ahrorxon Temirxonov halqadagi bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Habibullo Ergashev kumush medal bilan taqdirlandi. Sport otida mashq bajarishda bronza medaliga ega chiqdi.
Fikrlar