
Madridliklar “Barsa” ololmagan hujumchiga ko‘z tikdi
“Barselona” o‘tgan yozda “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni transfer qila olmagan edi. Endi bu futbolchini “Atletiko” Ispaniya chempionatiga olib kelmoqchi.
Bu transferni amalga oshirish maqsadida Diego Simeone jamoadan ketish istagida yurgan Saul Nigesni sotib yuboradi. Madridliklarning tayanch yarim himoyachisiga “Liverpul” va “Barselona” xaridor bo‘lmoqda.
23 yoshli Lautaro Martines anchadan beri o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishni istayapti. Qolaversa, u A Seriya chempionligiga erishib, Italiyadagi missiyasini bajarib bo‘ldi.
Lautaro Martines yakunlangan mavsumda A Seriyada barcha 38 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qildi va to‘rtta golli pas oshirdi. Uning transferi 80 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar