Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi juda mashhur blogerga qarshi jang qilmoqchi

  • 10 yanvar, 18:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Peyton Telbott  (9-0) taniqli bloger va sobiq kikbokschi Endryu Teytga qarshi jang qilish istagini bildirdi. Kikboksing karerasidan so‘ng Teyt o‘z veb-saytida pullik kurslarni taklif qila boshladi va shu tariqa mashhur bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi fikrlari esa uning bir nechta platformalarga kirishini taqiqlab qo‘ydi.

Tecno

“Men Endryu Teyt bilan jang qilishni maqsad qilganman. Bu uchun qandaydir haq to‘lanmasa ham roziman. Uning ko‘plab fikrlariga qarshiman. Xuddi yoshligida kimdir uni aldaganga o‘xshaydi va endi u ayollardan qasos olishga harakat qilmoqda" - deya jangchining so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie".

Eslatib o‘tamiz, Telbott 19 yanvar kuni "UFC 311" musobaqasida Raoni Barselosga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!