
Maguayr hakamlikdan norozi. Uning fikricha MYu darvozasiga ko‘p penalti belgilanmoqda
Xarri Maguayrning fikricha, "Manchester Yunayted" darvozasiga juda ko‘p penalti belgilanmoqda.
"Oxirgi oylarda bizning darvozamiz tomon juda ko‘p bahsli penaltilar belgilandi. Agar buni maydondagi hakam belgilamasa, unda VAR vaziyatni ko‘rib chiqadi.
Men bir yoki ikki penalti haqida gapirmayaman. Taxminan, besh yoki oltita. Bu juda yoqimsiz va bizni ko‘p ochkolardan mahrum qilyapti. Boshqa tomondan olib qarasak, o‘z ishimizni oxirigacha maromida bajarish uchun yaxshi himoyalanishimiz zarur", - dedi "qizil iblislar" himoyachisi.
Fikrlar