Mahmud Muhammadjonov : "Men buni charchoq bilan bog‘lamagan bo‘lar edim"

  • 2 mart, 2023, 10:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ilk o‘yinida Suriyani (2:0) taslim etganidan xabaringiz bor. Bahs yakunlangach, uchrashuv qahramonlaridan biri - Mahmud Muhammadjonov bilan suhbat uyishtirdik.

Avvalo g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin haqida fikrlaringiz?

- Rahmat. Barchamiz bugungi g‘alabadan juda ham hursandmiz. Bugungi 3 ochko butun jamoamizniki. Yigitlar birgalikda jamoaviy o‘yin namoyish etishga harakat qildik.

Tecno

kgorkoerg

Bu o‘yinda oldinga kamroq chiqdingiz. Bu murabbiyning ko‘rsatmasi edimi?

- To‘g‘risi, o‘yin avvalida ehtiyotkorlikka katta e’tibor qarating. Birinchi o‘yin bo‘lgani bois, bosim bor edi. O‘yinning ilk daqiqalarida maydonga moslashdik va o‘zimizga ishonchimiz ortdi. Ya’niy, o‘yin tempiga tushib oldik. Keyin sekin-asta tempni ko‘tardik. Yakunda, kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Bahs avvalida Suriya jismonan bizdan kuchliroqdek ko‘rindi, biroq yakunda ular charchab qoldi. Sizlarda charchoq alomati sezilmadimi?

- Men buni charchoq bilan bo‘glamagan bo‘lar edim. Birinchi navbatda jamoamizdagi ko‘p yigitlar hali katta futbolda harakat qilmagan. Ayniqsa, bunday atmosferadagi arenada ularga ikki xissa qiyin bo‘ldi. Yuqorida ta’kidlaganimdek birinchi o‘yin bosimi oxirigacha bizga ta’sir ko‘rsatdi. Hammasi birgalikda baribir o‘yinimizga ta’sir qildi. Yigitlar ham biroz tolqqandek ko‘rindi. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda xatolar ustida ishlab, bundan ham kuchliroq bo‘lib qaytamiz.

kofwekofw

Bugun "Bunyodkor" deyarli to‘ldi. O‘yin atmosferasi yoqdimi?

- Albatta. Hammasi a’lo darajada bo‘ldi. "Bunyodkor"da, bunday ishqibozlar qo‘llab-quvvatashini his qilganimizdan juda ham xursandmiz. Bugun o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!